Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

«PSJ» prezidenti yangi shartnomalar haqida fikr bildirdi

«PSJ» prezidenti yangi shartnomalar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» prezidenti Nosir Al-Xelaifiy bosh murabbiy Luis Enrike va jamoaning besh nafar futbolchisi bilan shartnomalar uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.

Parijliklar bosh murabbiy bilan yangi kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirdi. Shuningdek, klub Fabian Ruis bilan 2028 yilgacha, Vilyan Pacho, Joau Nevesh, Lukas Beraldo va Senni Mayulu bilan esa 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomalar imzoladi.

«Luis Enrike, Senni Mayulu, Joau Nevesh, Vilyan Pacho, Lukas Beraldo va Fabian Ruis «PSJ» bilan birgalikdagi yo‘lini davom ettirishidan xursandmiz.

Ularning barchasi klubimizning nafaqat buguni, balki kelajagini ham ifodalaydi. Biz istiqbolga mo‘ljallangan loyiha qurishga, o‘z qadriyatlarimizga sodiq qolishga va tarixni qayta yozishda davom etishga harakat qilyapmiz.

Maqsadimiz — muxlislarimiz biz bilan faxrlanishi», — dedi Al-Xelayfiy.

Kiritildi: 08:43, 05.09.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик