Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Mareska Fodenni turli pozisiyalarda ishlatishini aytdi

Mareska Fodenni turli pozisiyalarda ishlatishini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska yarim himoyachi Fil Fodenning o‘yini haqida fikr bildirdi.

26 yoshli futbolchi joriy APL mavsumida «shaharliklar» safida o‘tkazgan ikki uchrashuvida ikkita golli uzatma qayd etdi.

«Menimcha, Filning eng yaxshi pozisiyasi — markazda. Dastlabki ikki uchrashuvda Dokuning jarohati sabab boshqa variantlarimiz bo‘lmagani uchun u qanotda o‘ynashiga to‘g‘ri keldi.

Fil o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, ammo markazda u ancha qulay harakat qilishiga hech qanday shubha yo‘q. Birinchi kundanoq undan mamnunman. U qanotda o‘ynaganida ham juda yaxshi ishlayapti.

Biz undan turli pozisiyalarda foydalanamiz. Foden — yaxshi futbolchi, yaxshi futbolchilar esa turli rollarda o‘ynay oladi», — dedi Mareska.

«Manchester Siti» bugun Angliya Premyer-ligasi doirasida o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:51, 05.09.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик