Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

A Seriya, 3-tur: bugun Milan va Rimda markaziy bahslar

A Seriya, 3-tur: bugun Milan va Rimda markaziy bahslar

Baho:
+ | -

Bugun, 5 sentyabr kuni Italiya A Seriyasining 3-tur bahslari davom ettiriladi. Shanba kungi dasturdan uchta uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, ularning ikkitasi markaziy to‘qnashuv maqomiga ega.

Kunning ilk bahsida "Fiorentina" o‘z maydonida "Torino"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Asosiy e’tibor esa Milandagi "San-Siro"ga qaratiladi. Soat 21:00 da "Inter" amaldagi chempion "Napoli" bilan kuch sinashadi.

Kunning yana bir markaziy uchrashuvi Rimda o‘tkaziladi. "Roma" o‘z maydonida "Atalanta"ni qabul qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

3-turning yana bir katta to‘qnashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi — "Yuventus" Turinda "Milan"ni qabul qiladi. 

Kiritildi: 13:40, 05.09.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик