UFC prezidenti Dana Uayt Arman Sarukyan va Maurisio Ruffi o‘rtasidagi jangni titul uchun da’vogarlik jangi deb atashga shoshilmadi.
«Jang tugamasidan oldin bu haqda gapirishni yoqtirmayman. Arman shunday dedimi? U ko‘p narsani gapiradi. Keling, jang qanday o‘tishini ko‘ramiz», – dedi Uayt.
Sarukyan – Ruffi jangi 20 sentyabr kuni UFC 331 turnirida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Arman g‘alaba qozonsa, unga titul uchun jang berishlarini aytgan edi.













