Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Iliya Topuriya: «Biz qaytamiz»

Iliya Topuriya: «Biz qaytamiz»

Baho:
+ | -

Iliya Topuriya Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng bayonot berdi.

UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya Oq uydagi turnirda Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng bayonot berdi. Topuriya o‘g‘li Ugoga murojaat shaklida video yozib oldi.

«Ugo, so‘nggi bir necha kun ichida sen haqingda o‘yladim. Men yiqilganimda sen nimani his qilganing haqida o‘yladim. Bu senga og‘ir botganini bilaman. Otalarcha, seni bu holatdan asrash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilgan bo‘lardim. Ammo buni birga boshdan kechirganimizdan xursandman, chunki o‘sha kun bizni yanada kuchli qildi.

Bir narsani eslab qolishingni xohlayman: hayotda har doim ham g‘alaba qozonavermaysan. Bu oddiy hol, chunki mag‘lubiyat eng muhimi emas. Muhimi, atrofing qorong‘u bo‘lganida qanday inson bo‘lishni tanlashing. Yerda qolish yoki o‘rningdan turish o‘rtasida tanlov qilishga to‘g‘ri kelganda.

Menimcha, Xudo bu holatni boshdan kechirishimni va hech bir g‘alaba o‘rgata olmaydigan saboqni olishimni istagan. Xarakter hamma narsa reja bo‘yicha ketayotganda namoyon bo‘lmaydi. U hayot senga eng og‘ir kunni berganda namoyon bo‘ladi.

Bilasanmi, nimani angladim? Bu do‘zaxdan o‘tib, yanada kuchli bo‘ldim. Chempion hech qachon yiqilmaydigan emas, balki turish uchun sabab topadigan inson», – dedi Topuriya ijtimoiy tarmoqlardagi videosida.

Shuningdek, Topuriya videoga quyidagi izohni yozdi: «Hamma narsa yaxshi ketayotganda xarakter shakllanmaydi. Hamma narsa rejadagidek bo‘lmaganda shakllanadi. Hech kim sendan tortib ololmaydigan yagona g‘alaba – bu sening xaraktering. Biz qaytamiz».

Topuriya Getjiga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. To‘rtinchi raunddan so‘ng Iliyaning burchagi jangni to‘xtatdi. Bu Topuriyaning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Kiritildi: 13:45, 05.09.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик