Portugaliyalik himoyachi Diogu Leyte Berlinning «Union» klubini tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan va unga Italiya A Seriyasida faoliyatini davom ettirish varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Futbolchiga Rimning «Lasio» klubi qiziqish bildirmoqda. Poytaxt klubi ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. «Burgutlar» Leytega ikki yillik shartnoma va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini taklif qilmoqda.
Leyte 2022 yildan buyon «Union» sharafini himoya qilib kelgan. U jami 136 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.













