Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Modrich Xorvatiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritiladi

Modrich Xorvatiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritiladi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich sentyabr va oktyabr oylarida Millatlar ligasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

9 sentyabr kuni 41 yoshga to‘ladigan Modrich Millatlar ligasida ishtirok etishga tayyor ekanini murabbiylar shtabiga ma’lum qilgan.

«Albatta, Lukaning bunday qaroridan nihoyatda xursandman, chunki barchamiz uning qanday futbolchi ekanini va Xorvatiya uchun — maydonda ham, maydon tashqarida ham — nimani anglatishini yaxshi bilamiz. Ayniqsa, 14 yildan so‘ng yana birga ishlashimiz va Xorvatiya kuchli, muvaffaqiyatli bo‘lishi hamda dunyoning eng yaxshi jamoalari bilan tengma-teng o‘ynashi uchun intilishlarimizni birga bo‘lishishimiz meni quvontiradi», — dedi milliy jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilich.

Xorvatiya Millatlar ligasida Chexiya (26 sentyabr, Praga), Ispaniya (29 sentyabr, Sevilya), Angliya (3 oktyabr, Riyeka) va yana Ispaniya (6 oktyabr, Split)ga qarshi o‘ynaydi.

Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 202 ta uchrashuv o‘tkazgan. U 2018 yilgi Jahon chempionatida kumush, 2022 yilgi mundialda esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 16:01, 05.09.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик