Ruben Diash Enso Mareska boshqarayotgan "Manchester Siti" o‘yin uslubida Pep Gvardiola davridagi jamoa bilan ko‘plab o‘xshashliklar borligini aytdi. Shu bilan birga, portugaliyalik himoyachi ayrim jihatlarda farqlar ham mavjudligini ta’kidladi.
Diash yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi ish jarayonidan mamnun va mavsum davom etgani sari "Siti" yanada kuchayishiga ishonmoqda.
Uning aytishicha, Mareska jamoaga o‘z g‘oyalarini olib kirgan. Ayniqsa, to‘p bilan va to‘psiz harakat qilishda yangi murabbiyning o‘ziga xos qarashlari sezilmoqda.
"Hammasi juda ijobiy. Albatta, ko‘p narsa o‘zgardi, ammo yakunda unchalik ham katta o‘zgarish bo‘lmadi.
Jamoada yangi energiya bor va o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Ensoning hujumda ham, himoyada ham o‘yinni qanday ko‘rishiga doir o‘ziga xos g‘oyalari bor.
Umuman olganda, bu biz o‘rganib qolgan futbolga juda o‘xshaydi. Faqat turli vaziyatlarda o‘yinni boshqacha qiladigan ayrim detallar bor. Menimcha, jamoadagi barcha bu g‘oyalarni yaxshi qabul qilmoqda.
Biz to‘p bilan ko‘p o‘ynaymiz va bu bizning asosiy xususiyatlarimizdan biri. Shu ma’noda davomiylik bor, garchi ayrim jihatlarda boshqacha bo‘lsak ham", — dedi Diash.













