Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Liverpul" sport direktori lavozimini tark etdi

"Liverpul" sport direktori lavozimini tark etdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" sport direktori Richard Xyuz o‘z lavozimini tark etdi.

47 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubida ish boshlashi kutilmoqda. U yerda Xyuz avval "Bornmut"da birga ishlagan Saymon Frensis bilan yana hamkorlik qiladi.

Xyuz "Liverpul"ga 2024 yilning yozida kelgan va klubning transfer siyosati hamda tarkibni shakllantirish jarayonida muhim rol o‘ynagan.

Uning faoliyati davomida "Liverpul" Arne Slotni bosh murabbiy etib tayinladi va keyinchalik Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Xyuz shuningdek, klubning bir qator yirik transferlarini amalga oshirishda ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" endi yangi sport direktori izlashga kirishadi. Bu jarayonga FSG prezidenti Mayk Gordon boshchilik qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:14, 05.09.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик