Aleksandr Golovinning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Aleksandr Klyuyev "Monako" markaziy yarim himoyachisining kelajagi haqida fikr bildirdi.
Yaqinda matbuotda 30 yoshli futbolchi Rossiya Premyer-ligasiga qaytishi mumkinligi, unga "Zenit" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Golovinni "Monako"da qolishga chaqirishyaptimi? Bunday chaqiriqlarni tushunmayman. Axir bizning "Monako" bilan 2029 yilgacha shartnomamiz bor. Sashani doim qayergadir jo‘natishadi, ammo o‘zingiz ko‘rib turibsiz — u "Monako"da o‘ynayapti", — deya agentning so‘zlarini "SE" keltirdi.
Joriy mavsumda Golovin Fransiya klubi safida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













