«Xall» bosh murabbiy Sergey Yakirovich bilan shartnoma 2028 yilgacha uzaytirilganini rasman e’lon qildi.
Bosniyalik mutaxassis 2025 yilda jamoa boshqaruvini qabul qilib olgan va «Xall»ni Angliya Premyer-ligasiga olib chiqqan.
APLning yangi mavsumida «Xall» dastlabki ikki turni juda muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Jamoa har ikki uchrashuvda ham gol o‘tkazib yubormasdan g‘alaba qozondi — «Manchester Yunayted» 2:0, «Koventri» esa 1:0 hisobida mag‘lub etildi.













