Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Ulug‘bek Baqoyev: «Biz bugungi uchrashuv strategik jihatdan juda muhim va kerakli ekanini bilardik»

Ulug‘bek Baqoyev: «Biz bugungi uchrashuv strategik jihatdan juda muhim va kerakli ekanini bilardik»

Baho:
+ | -

Superliga 20-tur doirasida bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Mash’al» uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz bugungi uchrashuv strategik jihatdan juda muhim va kerakli ekanini bilardik. Yigitlarni faqat g‘alabaga tayyorlagan edik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, tezkor gol urdik. Keyin esa ma’lum vaqt, taxminan 20 daqiqalar davomida «Mash’al» jamoasi to‘liq o‘yinga kirishib, agressiv harakat qildi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi. Nazarimda, ular 3–4 ta to‘p kiritishi ham mumkin edi. Biroq himoyada yigitlar vazifasini uddaladi, darvozabon ham ajoyib o‘ynadi. Keyin biz yana ikkita gol urdik, so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin umuman olganda, bugungi g‘alabaga to‘la loyiq edik. Yigitlarga o‘yinga borini bergani va ko‘rsatgan o‘yini uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Bugun yirik hisob qayd etildi. O‘yin voqealari bunday rivojlanishini kutganmidingiz?

— Bunday o‘yinni hech qachon oldindan bashorat qila olmaysiz. Chunki futbol oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘yin: u ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham burilib ketishi mumkin. Shu bois yaratilgan vaziyatlarning aksariyatidan unumli foydalanganimiz ham hujumda, ham himoyada o‘yinimizni ancha yengillashtirdi.

«So‘g‘diyona» matbuot xizmati

Kiritildi: 23:39, 05.09.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик