«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya chempionatining 3-turida «Atalanta» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
«Almashtirishlar juda muhim bo‘ldi. Chunki doimiy ravishda hujum qilganingizda ko‘p energiya sarflaysiz. Agar gol urolmasangiz, o‘yin butunlay boshqa ssenariy bo‘yicha ketish xavfi paydo bo‘ladi. Himoyadagi almashtirishlar, xususan, Gilardi va Balerdining maydonga tushishi biz uchun juda muhim edi. Ular bilan jamoa barqarorlikka erishdi.
Hujumda esa odatdagidan biroz kamroq tajovuzkor harakat qildik. Zarba berishda sekinlik va qat’iyat yetishmadi.
Son jihatidan bizda Chempionlar ligasi darajasidagi tarkib yo‘q. Ammo sifat borasida o‘yin saviyasi tushib ketmasdan almashtirishlar amalga oshira olamiz. 90 daqiqa o‘ynagan futbolchilar charchadi, Ueslida esa mushaklar tortishib qoldi. Bunday ob-havoda o‘ynash va hisobni o‘z foydangga o‘zgartirish yanada ko‘proq kuch talab qiladi», — dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
«Roma» 3 ta o‘yindan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
4-turda rimliklar safarda «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.













