«Roma» Italiya chempionatining 3-turida «Atalanta»ni mag‘lub etdi va rimliklar uchun bu A Seriyadagi ketma-ket sakkizinchi g‘alaba bo‘ldi.
Jamoa o‘tgan mavsumning so‘nggi beshta uchrashuvida zafar quchgan, joriy mavsumda esa dastlabki uch turning barchasida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Jan Pyero Gasperini «Roma» tarixida A Seriyada ketma-ket sakkiz yoki undan ortiq g‘alabaga erishgan uchinchi murabbiyga aylandi.
Unga qadar bunday natijani Luchano Spalletti va Rudi Garsiya qayd etgan. Spalletti 2005/06 yilgi mavsumda ketma-ket 11 ta, 2016 yilda esa 8 ta g‘alaba qozongan. Rudi Garsiya esa 2013 yilda 11 ta, 2014 yilda 9 ta o‘yinda ketma-ket zafar quchgan.
Keyingi turda «Roma» safarda «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.













