Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Bilich Modrichning qaroridan xursand

Bilich Modrichning qaroridan xursand

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik tajribali futbolchi Luka Modrich milliy terma jamoa safida o‘ynashni davom ettirishini ma’lum qildi. Bu qaror Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilichni juda xursand qildi.

«Albatta, Lukaning bu qarori meni nihoyatda quvontirdi. Biz barchamiz uning Xorvatiya terma jamoasiga maydonda ham, uning tashqarisida ham qanchalik katta hissa qo‘shayotganini juda yaxshi bilamiz.

14 yildan keyin u bilan yana birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Ikkimizni ham bir maqsad birlashtiradi — Xorvatiyani dunyoning eng kuchli terma jamoalari bilan tengma-teng raqobatlasha oladigan yuqori saviyali va muvaffaqiyatli jamoa sifatida saqlab qolish», — deya Bilichning so‘zlarini pianetamilan.it keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Modrich oltita jahon chempionatida ishtirok etgan. U so‘nggi jahon chempionatida ham Xorvatiya terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Kiritildi: 04:39, 06.09.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик