«Bavariya» Bundesliganing 2-turida safarda «Shalke 04»ni mag‘lub eta olmadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Bahsdan so‘ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani fikr bildirdi.
«Shalke»ni tabriklayman. Ular bu bir ochko uchun juda yaxshi kurashdi. Bizda xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Shunchalik ixcham va agressiv o‘ynaydigan jamoaga qarshi maydonga tushganda, o‘z imkoniyatlaringdan foydalanishing shart.
Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo yana bir bor «Shalke»ni tabriklayman. Keyingi safar bunday vaziyatlarda gol urishimiz kerak.
Har bir o‘yinning o‘z tarixi bo‘ladi. Afsuski, bugungi uchrashuv tarixi shunday bo‘ldiki, biz gol ura olmadik. Bu hech qanday holatda «Shalke»ning xizmatlarini kamaytirmaydi. Ular juda yaxshi kurashdi va zonalarni to‘g‘ri yopdi.
Boshqa tomondan, bizning kontrpressingimiz juda yaxshi ishladi. Biz raqibga birorta ham golli vaziyat yaratish imkonini bermadik. O‘zimiz esa yetarlicha imkoniyat yaratdik va bu ijobiy jihat.
Natija qanday bo‘lsa, shunday. «Bavariya»da esa biz faqat g‘alabalardan xursand bo‘lamiz», — deya Kompanining so‘zlarini Bayern & Germany keltirmoqda.
«Bavariya» keyingi uchrashuvini 10 sentyabr kuni Chempionlar ligasida «Budyo-Glimt»ga qarshi o‘tkazadi.













