Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Kostakurta «Inter»ni Chempionlar ligasi favoritlari qatoriga qo‘shdi

Kostakurta «Inter»ni Chempionlar ligasi favoritlari qatoriga qo‘shdi

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq himoyachisi, hozirda Sky Sport Italia eksperti Alessandro Kostakurta Chempionlar ligasining yangi mavsumi haqidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi va musobaqada o‘zini ko‘rsata oladigan ikki Italiya klubini atadi.

«Men eng katta qiziqish bilan «Inter»ni kuzataman, chunki, menimcha, u boshqa Italiya klublaridan uzoqroq bosqichga yetib borishi kerak. Klub transfer oynasini juda yaxshi o‘tkazdi va endi eng kuchli jamoalar bilan raqobatlasha oladi», — deya Kostakurtaning so‘zlarini Football Italia keltirmoqda.

«Bir necha hafta avval men «Inter»dan kuchliroq 6 yoki 7 ta jamoani atagan bo‘lardim. Ammo hozir ularning soni kamaydi, chunki Spens va Kyortis Jons — juda yaxshi transferlar.

«Inter» — mustahkam jamoa va uni mag‘lub etish oson bo‘lmaydi. Agar unga biroz omad ham kulib boqsa, turnirni yutishi mumkin», — dedi u.

Kostakurta kutilmagan natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir jamoa sifatida Sesk Fabregas boshqarayotgan «Komo»ni ham tilga oldi.

«Albatta, «Komo» ham bor. Ularga oson bo‘lmaydi, chunki jamoada yosh futbolchilar ko‘p. Ammo ularda energiya va katta ishtiyoq bor. Hech kim meni «Komo» 1/8 finalga chiqmaydi, deb ishontira olmaydi», — dedi Kostakurta.

«Komo» Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etadi. «Neradzurri» esa ushbu turnirda 30 martadan ortiq qatnashgan.

Kiritildi: 05:07, 06.09.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик