Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Global Chess League. Sindorov va Assubayeva jamoasi yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Global Chess League. Sindorov va Assubayeva jamoasi yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Baho:
+ | -

Hindistonning Bangalor shahrida Tech Mahindra Global Chess League turnirining yangi mavsumi boshlandi. Musobaqaning ilk kunida olti jamoa o‘zaro bahs olib bordi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov yetakchiligidagi “Fyers American Gambits” turnirni ikki g‘alaba bilan boshladi. Jamoa dastlab “PBG Alaskan Knights”ni yirik 10:4 hisobida, keyin esa “Triveni Continental Kings”ni 14:5 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik birinchi raqamli shaxmatchi ilk bahsda 5 karra Jahon chempioni Vishvanatan Anandni taslim etdi. Ikkinchi o‘yinda esa FIDE reytingining 11-raqamli grossmysteri fransiyalik Alireza Firouzja bilan durangga imzo chekdi. Javohir Sindorovning jamoadoshi qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva “PBG Alaskan Knights” vakili, ayollar FIDE reytingining 4-raqamli shaxmatchisi xitoylik Ju Jiner hamda “Triveni Continental Kings”ning rossiyalik tajribali sportchisi Katerina Lagno bilan durang natija qayd etdi.

Javohir Sindorov yetakchiligidagi jamoa 6 ochko bilan Global Chess League turnirida peshqadamlik qilmoqda.

Amaldagi chempion “Alpine APL Pipers” ham musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Magnus Karlsen yetakchiligidagi jamoa “CheQ Mumba Masters” ustidan 10:8 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hindistonlik grossmeysterlar Vidit Gujrati va Koneru Hampi muhim ochkolarni jamoasiga olib keldi.

Boshqa uchrashuvda “Ganges Grandmasters” “Triveni Continental Kings”ni mag‘lub etdi. Natijada “Triveni Continental Kings” turnirning ilk kunida ketma-ket ikkita mag‘lubiyatga uchradi.

Global Chess League musobaqasida oltita jamoa ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026 yilda Global Chess League musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi. Uning yarmi — 500 ming dollar — jamoaning yakuniy o‘rniga qarab taqsimlanadi: chempion 250 ming, kumush medal sohibi 125 ming, uchinchi o‘rindagi jamoa 75 ming, to‘rtinchi o‘rindagi jamoa 50 ming dollar oladi.

Yana 450 ming dollar barcha jamoalar o‘rtasida butun turnir davomida to‘plagan o‘yin ochkolari soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Qo‘shimcha 50 ming dollarni liga g‘olibi oladi. Shu tariqa mukofot puli miqdori nafaqat yakuniy o‘ringa, balki har bir alohida partiya natijasiga ham bog‘liq. Turnir 13 sentyabrgacha davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:01, 06.09.2026.
O'qildi: 292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик