«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoaning yangi futbolchisi Bredli Barkola haqida fikr bildirdi.
Yaqinda Barkola «PSJ»dan o‘tganidan keyin «Liverpul» safida ilk bor maydonga tushdi. «Ipsvich»ga qarshi uchrashuvni u zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 64-daqiqada Viktor Munyos o‘rniga maydonga chiqdi.
Kodi Gakpo esa, aksincha, asosiy tarkibda o‘ynadi va 2:0 hisobidagi g‘alabali bahsda Aleksander Isakka ikkita golli uzatma berdi.
Bundan avval niderlandiyalik futbolchi «Nyukasl»ga gol urgan, «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinda esa assist qayd etgan edi.
«Gakpo hozirgiday formada bo‘lsa, Barkolyaga o‘yin vaqti olish juda qiyin bo‘ladi», — deb yozdi Karrager ijtimoiy tarmoqda.
Barkolaning transferi «Liverpul»ga bonuslarsiz 125 million yevroga tushgan.













