«Nottingem Forest» himoyachisi Neko Uilyams APLning 3-turida «Tottenxem»ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda bekor qilingan goli haqida fikr bildirdi.
«Bu gol edi. VAR aniq va yaqqol xatolarni tuzatish uchun kerak. Menimcha, bu vaziyatda bunday xato bo‘lmagan. Epizodni qayta ko‘rdim va biror marta ham to‘pga qo‘l bilan tegdim, deb o‘ylamadim», — deya Uilyamsning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.
«Men bosh bilan zarba berdim, qo‘llarim esa ikki tomonda edi. Agar takrorni muayyan kadrda to‘xtatib qo‘ysangiz, to‘p qo‘limga tekkandek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida bunday bo‘lmadi.
Menimcha, bugun ko‘p qarorlar bizning foydamizga chiqmadi. Ammo futbolda shunday holatlar ham bo‘ladi», — dedi futbolchi.
Ushbu o‘yindan keyin «Nottingem Forest» 2 ochko bilan quyi o‘rinlarda, vilet zonasi yaqinida bormoqda.













