Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot bilan muloqot qildi. «Matraschilar» safarda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«O‘yin siz ko‘rganingizdek kechdi. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ammo keyin ikki daqiqa davomida konsentrasiyani yo‘qotdik va bir nechta epizodlarda to‘g‘ri harakat qila olmadik. «Atletik» bu holatdan foydalandi va haqli ravishda g‘alaba qozondi», — deya Simeonening so‘zlarini Marca keltirmoqda.
«Murabbiylar shtabi futbolchilarga maydonda nima qilish kerakligini to‘liq yetkaza olmadi. Biz hali jamoa qurayapmiz. Oldimizda qiyin vaziyatlar bo‘ladi va ulardan o‘tishimizga to‘g‘ri keladi.
O‘yinni yaxshi boshlagandik, ammo o‘sha ikki daqiqa biz uchun juda qattiq zarba bo‘ldi. Endi bunga to‘g‘ri reaksiya qilishimiz kerak.
Xulianning vaziyatini hisobga olmasak, bizda aniq golli imkoniyatlar deyarli bo‘lmadi. «Atletik» esa yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa», — dedi Simeone.
«Atletiko» 7 ochko bilan 6-o‘rinda, «Atletik» esa 4 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.













