«Liverpul» yanvar oyida «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Ismaila Sarrni xarid qilish uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli senegallik futbolchi yozgi transfer oynasi davomida «qizillar»ning asosiy qiziqish ob’ektlaridan biri bo‘lgan. U so‘nggi mavsumlarda «Kristal Pelas» safidagi o‘yini bilan «Liverpul» rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan.
Sarrning o‘zi hamon «Liverpul»ga o‘tishni istamoqda va yaqin oylarda klubning qiziqish doirasida qoladi. Biroq yanvarga qadar mersisaydliklarning rejalari o‘zgarishi mumkin. Ayniqsa, Kodi Gakponing «Manchester Siti»ga transferi amalga oshmay, jamoada qolgani bu qarorga ta’sir qilishi ehtimol.
«Liverpul» Sarr uchun kamida ikki marta taklif yuborgan. So‘nggi taklif miqdori taxminan 59 million yevro bo‘lgan, ammo «Kristal Pelas» har ikki taklifni ham rad etgan.
Sarrning agenti Diomansi Kamara futbolchiga «Liverpul»ga o‘tish imkoni berilmaganidan noroziligini bildirib, afrikalik futbolchilarning faoliyatiga oid orzu va maqsadlariga hurmat bilan qarashga chaqirdi.
«Har bir shartnoma ortida inson, uning faoliyati, orzulari va hayotiy tanlovlari turadi. Futbolchi o‘z kelajagini belgilaydigan qarorlarda o‘z fikrini bildirish huquqiga va hurmatga ega bo‘lishi kerak», — deyiladi agent bayonotida.
Ismaila Sarr 2024 yil avgustidan buyon «Kristal Pelas» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 43 ta uchrashuvda 21 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt Sarrning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













