Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Superligada to‘purarlar poygasi: Doriyev yetakchilikni mustahkamladi

Superligada to‘purarlar poygasi: Doriyev yetakchilikni mustahkamladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida 20-tur uchrashuvlari yakunlanganidan so‘ng to‘purarlar poygasidagi holat ham yangilandi.

"So‘g‘diyona" legioneri Lyupcho Doriyev 14 ta gol bilan ro‘yxatni boshqarib turibdi. U 20-turda "Mash’al"ga qarshi 5:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, peshqadamlikdagi ustunligini oshirdi.

Ikkinchi o‘rinda "Neftchi" hujumchisi Stipe Perisa bormoqda. Xorvatiyalik futbolchi hisobida 11 ta gol mavjud. Shu tariqa, Doriyev va uning eng yaqin ta’qibchisi o‘rtasidagi farq 3 ta golni tashkil etmoqda.

Anvarjon Hojimirzayev ("Dinamo"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv"), Bobur Abduxoliqov ("Nasaf") va Sherzod Esanov ("Buxoro") 9 tadan gol bilan keyingi o‘rinlarni egallab turishibdi. Husayn Norchayev ("Navbahor") va Stefen Chinedu ("Paxtakor") hisobida esa 8 tadan gol bor. 

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:56, 06.09.2026.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик