Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

FIFA Norvegiya federasiyasining so‘rovini rad etdi

FIFA Norvegiya federasiyasining so‘rovini rad etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol federasiyasi — FIFAning Etika qo‘mitasi Norvegiya futbol assosiasiyasining FIFA prezidenti Janni Infantino ustidan berilgan shikoyat qanday ko‘rib chiqilayotgani haqida ma’lumot taqdim etish so‘rovini rad etdi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Shikoyat AQSH prezidenti Donald Trampga "FIFA Tinchlik mukofoti" topshirilgani bilan bog‘liq.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, FIFA Etika qo‘mitasi tergov palatasi raisi, Ruanda vakili Martin Ngoga Norvegiya federasiyasining ish bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni olish iltimosini rad etgan.

"Faqat bevosita ish yurituvi ob’ekti bo‘lgan shaxslar ushbu jarayonning tomoni hisoblanadi. Etika masalalari bo‘yicha ishlar maxfiy xususiyatga ega bo‘lgani sababli, biz umuman qandaydir ish yurituvi bor-yo‘qligi yoki ehtimoliy ishlar qaysi bosqichda ekani haqida ma’lumot bera olmaymiz", — deyiladi Ngoganing javobida.

Norvegiya futbol assosiasiyasi 2026 yil may oyi oxiri — iyun boshida Etika qo‘mitasiga xat yo‘llab, ish ochiq va shaffof tarzda ko‘rib chiqilishini talab qilgan.

Tashkilot prezidenti Lize Klaveness o‘shanda bu talab "qonun ustuvorligi kafolatlari" bilan bog‘liq ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, qo‘mita shikoyatni ko‘rib chiqmaslikka qaror qilgan taqdirda ham shaffoflikni ta’minlashi kerak.

Shikoyat 2025 yil 8 dekabrda Britaniyaning FairSquare huquqni himoya qilish tashkiloti tomonidan FIFA Etika qo‘mitasining tergov palatasiga taqdim etilgan.

Bu Infantino Vashingtonda bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi jahon chempionati qur’asini tashlash marosimida Trampga mukofotni topshirganidan uch kun o‘tib sodir bo‘lgan.

FairSquare Infantinoni FIFA ustavi va Etika kodeksida belgilangan siyosiy betaraflik majburiyatini, xususan, 15-moddani buzganlikda ayblagan.

Shikoyatda, shuningdek, mukofotni ta’sis etish va uni FIFA kengashiga aniq tarzda taqdim etmasdan topshirish bilan bog‘liq prosessual qoidabuzarliklar bo‘lgani ham da’vo qilingan.

FIFA 12 dekabr kuni shikoyatni olganini tasdiqlagan, ammo tergov boshlangan-boshlanmagani yoki u qaysi bosqichda ekanini ochiqlamagan.

Kiritildi: 10:04, 06.09.2026.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик