Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Inter" forvardi Markus Tyuramning "Napoli"ga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyingi ijtimoiy tarmoqdagi postiga munosabat bildirdi.
Tyuram Italiya chempionatining 3-turidagi mazkur uchrashuvda 82-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirgan edi.
"Kuchli. Seshanba kuni ko‘rishamiz", — deb yozdi Mbappe.
8 sentyabr, seshanba kuni "Real" va "Inter" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida o‘zaro to‘qnash keladi.
Uchrashuv Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.













