Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

“Real” yozda Karim Benzemani ortga qaytarish variantini o‘rganib chiqqan

“Real” yozda Karim Benzemani ortga qaytarish variantini o‘rganib chiqqan

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaning sobiq hujumchisi Karim Benzemani ortga qaytarish imkoniyatlarini jiddiy ko‘rib chiqqan.

Rahbariyat 38 yoshli fransiyalik futbolchining tajribasi yangilangan tarkibga yordam berishiga ishongan. Qolaversa, “Real”da 14 mavsum harakat qilgan hujumchiga jamoaga moslashish uchun ortiqcha vaqt talab etilmasdi.

Fichajes.net nashrining yozishicha, ushbu transferning amalga oshmasligiga asosiy sabab — muddat bilan bog‘liq muammo. Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan shartnomasini 31-avgust kuni bekor qildi. Bu vaqtga kelib Yevropada futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tugab bo‘lgan edi. Oqibatda, uning La Ligaga qaytish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilgi “Oltin to‘p” sohibi hozircha professional faoliyatini yakunlash niyatida emas. Saudiya Arabistoni chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan hujumchi hanuz yaxshi formada ekanligini isbotlab qo‘ydi. Ayni paytda fransiyalik futbolchiga Amerikaning MLS ligasi klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Benzema 2009-yildan 2023-yilgacha “Real” sharafini himoya qilgan. Hujumchi o‘z faoliyati davomida “Lion” va “Al-Ittihod” klublarida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 16:22, 06.09.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик