«Yuventus» bosh murabbiy Luchano Spalletti matbuot anjumanida A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi bo‘lajak o‘yin va raqib ustozi Ruben Amorim haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, jamoaning holati haqida gapirib berdi.
«Milan»da aniq g‘oyalarga ega va kuchli jamoa shakllantira olgan murabbiy bor. Ruben Amorimda juda yaxshi taniladigan taktik prinsiplar to‘plami mavjud bo‘lib, buni uning «Sporting»dagi faoliyati davridayoq baholay olganmiz. «Milan» — yuqori tempda o‘ynaydigan jamoa, ular tik (vertikal) uzatmalar va tezkor hujumga o‘tishlarga urg‘u berishadi.
Bu ularning tempiga mos kelishni talab qiladi, aks holda to‘pga kechikish xavfi yuzaga keladi. Agar raqib harakatini oldindan payqay olsangiz, bu qo‘l kelishi mumkin, chunki ularning tajovuzkorligidan (agressiyasidan) qo‘rqish emas, balki unga qarshi foydalanish kerak.
O‘yin shiddatli va jozibador kechadi, chunki bu «Yuventus» — «Milan». Tabiiyki, biz tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga va g‘alabaga bo‘lgan intilishimizni namoyish etishga harakat qilamiz.
Qiyinchiliklar yo‘q emas, tarkibimizda yettita jarohat olgan futbolchi bor va ularning barchasida turli muammolar.
Shunga qaramay, «Yuventus» darajasida o‘ynay olishimizni his qilyapmiz. Biz ushbu mavsumni yaxshi boshladik, ammo ularning opekasiga (himoyaviy bosimiga) yaxshiroq qarshilik ko‘rsatishimiz kerak, chunki «Milan» pressing qilishda juda tajovuzkor. Hujumda qo‘lga kiritilgan har bir metr to‘pga egalik qilish bo‘yicha har qanday statistikadan ko‘ra qadrliroqdir.
O‘ylaymanki, «Milan» juda kuchli jamoa tuzgan. Yodda tuting, oxirgi o‘yinlarda ular Pulishich, Salemakers, Rabyo, Modrich, Xatchinson va Moreyrasiz o‘ynashdi, shu sababli ularda tanlov uchun ko‘plab variantlar mavjud», dedi murabbiy.













