UFC’ning o‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi 32 yoshli mashhur rossiyalik jangchisi Sharabutdin Magomedov (Shara Bullet) hamyurti — yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachevning navbatdagi raqibi borasida o‘z fikrini bildirdi.
«Menimcha, Islam uchun Moralesga qarshi jang qiziqarli bo‘lardi, chunki u vse hali mag‘lubiyatga uchramagan jangchi. Agar Islam o‘z g‘alabalari ro‘yxatiga Moralesni ham qo‘shib qo‘ysa, bu uning merosini yanada mustahkamlaydi», — dedi Magomedov «Chempionat» muxbiri Maksim Yakovlev bilan eksklyuziv suhbatda.
Maykl Morales MMA’dagi professional faoliyatini 2017 yilning iyul oyida boshlagan. Morales hisobida 19 ta g‘alaba (ulardan 15 tasi muddatidan oldin) mavjud va u hali birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.













