«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Gari Nevill «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino «Arsenal» forvardi Kay Xaversdan ko‘ra kuchliroq o‘yinchi degan fikrni bildirdi.
«Iltimos, Xavers va Firminoni solishtirishni bas qiling. Firminoga futbolchi sifatida past baho berish kerak emas. U Sadio Mane va Saloh uchun juda muhim o‘yinchi edi. Xavers Firminochalik yaxshi deb o‘ylamayman», — dedi Nevill Sky Sports efirida.
Firmino «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 362 ta o‘yin o‘tkazib, 111 ta gol va 76 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xavers esa «Arsenal» tarkibida 114 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urgan va 18 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.













