Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Pedri «Barselona»ning hujum chizig‘i haqida fikr bildirdi

Pedri «Barselona»ning hujum chizig‘i haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoada yuqori sermahsullikka ega markaziy hujumchi yo‘qligi haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar yoz davomida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritishga umid qilgandi, ammo yakunda boshqa variantga o‘tishga majbur bo‘ldi va transfer oynasi yopilishidan oldin Gabriel Jezusni safga qo‘shib oldi.

La Liganing «Valensiya»ga qarshi va 5:0 hisobida yakunlangan yakshanba kungi bahsida esa hujum markazida yana nominal vinger Rafinya Dias harakat qildi.

«Odamlar doim jamoada bir mavsumda 40 ta gol uradigan futbolchini ko‘rishni xohlaydi. Ammo menimcha, biz gollar yetishmasligidan qiynalmaymiz», — deya Pedrining so‘zlarini BarcaTimes keltirdi.

«Barselona» La Liganing dastlabki 4 turida 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar 17 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi 2 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 05:49, 07.09.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик