Angliya terma jamoasi va APLning bir qator klublari sobiq futbolchisi Eshli Yang Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilishdan katta zavq oldi. Unga ayniqsa norvegiyalik Martin Edegorning o‘yini ma’qul keldi.
«Martin Edegor kabi futbolchining o‘yinini kuzatish — haqiqiy rohat. U to‘pni qabul qilib olganda juda yorqin harakat qiladi va jamoadoshlariga ham o‘yinga kirishib ketishga yordam beradi; uning va o‘ng qanotda Saka hamda Xavers o‘rtasidagi o‘zaro tushunish esa shunchaki ajoyib: bir-birini juda yaxshi tushunadigan va shunday o‘yin bog‘lamlarini hosil qiladigan futbolchilarni ko‘rish yoqimli», — deydi Yang BBC Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Edegor 2021 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda.













