Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ris Jeyms «Chelsi»ning APL 3-turida «Arsenal»dan uchragan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Ris Jeyms «Chelsi»ning APL 3-turida «Arsenal»dan uchragan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» sardori Ris Jeyms APLning 3-turida safarda «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Ushbu o‘yinda ijobiy jihatlar juda ko‘p bo‘ldi. Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik, hisobda ortda qolayotganimizda esa iroda ko‘rsatib, o‘yinga qaytishga harakat qildik. Ammo yakunda bizga shunchaki vaqt yetmay qoldi.

Bu darajadagi futbol — alohida epizodlar o‘yinidir. Bitta yoki ikkita vaziyat hisobni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bugun og‘ir o‘yin bo‘ldi, endi uni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosalar chiqarishimiz kerak».

Maydon markazidagi kurash haqida

«Bu Premyer-liga — dunyoning eng kuchli chempionati. Maydon markazida yoki boshqa har qanday pozisiyada istalgan raqibga qarshi o‘ynash hamisha jiddiy sinovga aylanadi».

Xabi Alonso talablariga moslashish haqida

«Biz imkon qadar tezroq moslashishga harakat qilyapmiz. Biz hali ham uni yaqindan tanimoqdamiz va aynan qanday o‘ynashimizni xohlayotganini tushunib yetyapmiz. Buning uchun vaqt talab etiladi, lekin biz butun e’tiborimizni o‘z maqsadlarimizga va murabbiy talablarini bajarishga qaratganmiz».

«Chelsi» «Arsenal» bilan kurasha olishi haqida

«Mavsum oxirida qayerda bo‘lishimizni ko‘ramiz. Biz nima qilishimiz kerakligini bilamiz va boshqa jamoalarning e’tiborimizni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, bor e’tiborni o‘zimizga qaratishimiz lozim», — dedi Djeyms Sky Sports efirida.

Kiritildi: 07:25, 07.09.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик