Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Milanning «Inter» jamoasiga qarshi o‘z maydonidagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bellashuv seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Jurnalist Alberto Pereyroning xabar berishicha, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Trent Aleksander-Arnoldni asosiy tarkibga kiritish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. U angliyalik futbolchini o‘zining odatiy o‘ng qanot himoyasi emas, balki Federiko Valverde bilan juftlikda yarim himoya chizig‘ida maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.
Juma kuni Madrid grandi La Liganing safardagi o‘yinida «Betis»ga imkoniyatni boy berib (0:1), mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi.
Joze Mourinyo iyun oyida Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallab, «Real»ga qaytgan edi.













