Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Mourinyo Kivu haqida: «U murabbiylikka chindan ham qiziqardi»

Mourinyo Kivu haqida: «U murabbiylikka chindan ham qiziqardi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hozirda «Inter»ni boshqarayotgan Kristian Kivu haqida fikr bildirdi. Ikki mutaxassis jamoalari 8 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida o‘zaro to‘qnash keladi.

Mourinyodan Kivu kelajakda murabbiy bo‘lishini oldindan kutganmi, deb so‘rashdi.

«Bu haqda aniq aytish qiyin. Futbolchilar hali maydonda o‘ynab yurgan paytida asosiy e’tiborini futbolga qaratadi. U yoshlar jamoasini boshqargan davrda Kivu bilan ko‘p muloqot qilganman.

O‘shanda uning murabbiylikka chindan ham qiziqishini va bu ish unga yoqishini tushundim. Kristian haqiqatan ham murabbiylik bilan shug‘ullanishni xohlayotganini va o‘zini bu sohada sinab ko‘rishga tayyor ekanini ko‘rdim.

Ba’zan sobiq futbolchilar bilan uchrashaman, ammo ular bu kasb bilan til topisha olmaydi», — dedi Mourinyu.

Kivu 2007 yildan 2014 yilga qadar «Inter» safida futbolchi sifatida to‘p surgan. U 2018 yilda klub tizimida murabbiylik faoliyatini boshlab, yoshlar jamoalari bilan ishlagan.

2025 yilda Kivu «Parma» asosiy jamoasini qabul qilib olgan, bir necha oydan so‘ng esa «Inter» bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Uning qo‘l ostida «Inter» o‘tgan mavsum Italiya chempionati va Italiya Kubogida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 17:05, 07.09.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик