Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Kovach: «Ispaniya jamoasining Chempionlar ligasiga chiqishi ko‘p narsani anglatadi»

Kovach: «Ispaniya jamoasining Chempionlar ligasiga chiqishi ko‘p narsani anglatadi»

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot vakillari bilan muloqot qildi. Umumiy bosqichning 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Vilyarreal» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Ispaniya jamoasining chempionatda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinni egallashi haqiqatan ham ko‘p narsani anglatadi», — deya Kovachning so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirdi.

Shuningdek, mutaxassis jamoa sardori Valdemar Anton haqida ham fikr bildirdi.

«U shaxsiy namunasi bilan boshqalarni ergashtiradigan va hech qachon taslim bo‘lmaydigan yetakchi. Ayniqsa, yosh futbolchilar uchun aynan shunday fazilatlar juda muhim.

O‘tgan mavsumda ham u sardorlik bog‘ichisiz turib, ruhan jamoa sardori edi. Chunki uning maydondagi ishtiroki qolgan futbolchilarni ham o‘z ortidan ergashtiradi», — dedi Kovach.

«Borussiya» — «Vilyarreal» uchrashuvini Simone Sossa boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Kiritildi: 18:08, 07.09.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик