Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi bahs oxirida sxemani o‘zgartirishga urindi

Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi bahs oxirida sxemani o‘zgartirishga urindi

Baho:
+ | -

«Chelsi» Angliya chempionati doirasidagi London derbisida «Arsenal»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv oxirida «aristokratlar» hisobni tenglashtirishga uringan bir paytda jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso maydonga yozma taktik ko‘rsatma yubordi.

The Sun jurnalistlari Sky Sports namoyish etgan kadrlarga e’tibor qaratib, yozuvning taxminiy mazmunini aniqlashga urindi. Ma’lum bo‘lishicha, Alonso qog‘ozda uch hujumchi ishtirok etadigan joylashuvni chizgan. Ehtimol, u jamoaning maydondagi pozision tuzilishini o‘zgartirishni istagan.

88-daqiqada ushbu yozuvni Ris Jeyms va Koul Palmer ko‘rib chiqqan. Biroq Alonsoning ko‘rsatmalari «Chelsi»ga derbida mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yordam bermadi.

«Chelsi» 3 turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, Premyer-liga turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Chorshanba kuni Xabi Alonso shogirdlari Angliya Liga kubogining 3-bosqichida o‘z maydonida «Lids»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 18:17, 07.09.2026.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик