Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

La Liga avgust oyining eng yaxshi murabbiyini e’lon qildi

La Liga avgust oyining eng yaxshi murabbiyini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Alaves" bosh murabbiyi Kike Sanches Flores La Ligada 2026 yil avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mazkur sovrin uchun Sanches Floresdan tashqari "Barselona" ustozi Xansi Flik va "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham nomzod edi.

Sanches Flores qo‘l ostida "Alaves" avgust oyida La Ligada uchta uchrashuv o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa "Xetafe"ni 3:0, "Vilyarreal"ni 1:0 hisobida yengdi, "Rayo Valyekano" bilan esa 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Natijada "Alaves" 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi.

Shu uchrashuvlarda Sanches Flores jamoasi raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi va o‘z darvozasidan atigi 1 ta to‘p o‘tkazib yubordi. To‘plar nisbati +4ni tashkil qildi.

Qizig‘i, uning raqobatchilari Flik va Mourinyo avgustda maksimal natija — uchtadan g‘alaba va 9 ochko qayd etgandi. "Barselona"ning to‘plar nisbati +10, "Real"niki esa +8 bo‘lgan. Shunga qaramay, ovoz berish yakunlariga ko‘ra sovrin "Alaves" ustoziga nasib etdi.

Sanches Flores boshchiligidagi "Alaves" sentyabr oyini ham yirik g‘alaba bilan boshladi — 6 sentyabr kuni "Osasuna" 5:2 hisobida mag‘lub etildi. Bu natija avgust oyi uchun berilgan mukofot statistikasiga kirmaydi. 

Kiritildi: 18:26, 07.09.2026.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик