«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi 1-turida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida fikr bildirdi.
«Inter» Italiya chempionatining so‘nggi turida «Napoli»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Milanliklar g‘alabani ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtdagi gol evaziga qo‘lga kiritdi.
«Shanba oqshomidagi kabi og‘ir, ammo ajoyib o‘yindan keyin yana bir kun dam olishni afzal ko‘rardim. Ammo taqvim — taqvim, bunga ko‘nikishimiz kerak.
So‘nggi ikki mavsumda birinchi sakkizlikdan joy olish uchun qancha ochko to‘plash kerakligini tushunib oldik. Shuningdek, birinchi sakkizlikka kirmaslik nimani anglatishini ham bilamiz — pley-off bosqichi juda murakkab», — dedi Kivu.
«Real» va «Inter» o‘rtasidagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.













