Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Vulverxempton» sobiq «Chelsi» vingerini rasman o‘z safiga qo‘shib oldi

«Vulverxempton» sobiq «Chelsi» vingerini rasman o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» sobiq «Chelsi» va «Aston Villa» vingeri Bertran Traore bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qildi. 31 yoshli futbolchi «bo‘rilar» safiga erkin agent sifatida qo‘shildi va klub bilan bir yillik shartnoma tuzdi.

Traorening so‘nggi klubi «Sanderlend» bo‘lgan. Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U London klubida professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan.

Shundan so‘ng Traorening faoliyatida «Vitess», «Ayaks», «Aston Villa», «Lion», «Istanbul Bashakshexir» va «Vilyarreal» klublari bo‘lgan.

«Vulverxempton» o‘tgan mavsum yakunida APLdan tushib ketgan va hozir Chempionshipda ishtirok etmoqda. Jamoa chempionatning besh turidan so‘ng 8 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 04:15, 08.09.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик