Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 4-turida «Betis»ga qarshi o‘yindagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Qirollik klubi» joriy mavsumda ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Mbappe uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan foydalanib, hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo zarbani aniq amalga oshira olmadi.
«“Betis”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida? Menimcha, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo eng muhimi — gol urishning uddasidan chiqa olmadik. Men ko‘p imkoniyatlarni boy berdim, ammo jamoaning o‘yinidan mamnunman.
Agar butun mavsum davomida shu tarzda o‘ynashda davom etsak, muvaffaqiyatga erishamiz va men ko‘p gollar urishim mumkin», — dedi Mbappe.
Seshanba kuni «Real» Chempionlar ligasi doirasida Milanning «Inter» klubini o‘z maydonida qabul qiladi.













