Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Brunu Fernandesh «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘ladi

Brunu Fernandesh «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Sam C. ma’lum qildi. Rasmiy nomzodlar ro‘yxati 8 sentyabr, seshanba kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

O‘tgan mavsumda Fernandesh APLning bir mavsumida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi — 21 ta assist. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi Angliya chempionatida 35 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi.

Joriy mavsumda esa Fernandesh 3 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

«Oltin to‘p» taqdimot marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sovrinning amaldagi sohibi — «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele.

Kiritildi: 04:19, 08.09.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик