Fransiyalik jurnalist Pyer Menes "PSJ" darvozaboni Matvey Safonov asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligini aytdi.
"Bir nechta xatodan keyin Shevalye asosiy tarkibdagi o‘rnini butunlay yo‘qotdi. Menimcha, bu biroz adolatsiz. Agar Safonov har o‘yinda ikkitadan gol o‘tkazishda davom etsa, ehtimol, Lyuka yana imkoniyatga ega bo‘ladi.
Men Safonov "PSJ" darajasidagi klub uchun yetarlicha kuchli deb hisoblamayman. Ammo jamoa u darvozada turgan paytda Chempionlar ligasini yutganini ham inkor etib bo‘lmaydi", — deya Menesning so‘zlarini Football.fr keltirdi.
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.













