Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Bergomi: "Inter" faqat himoyalansa, "Real"ga qarshi imkoniyati bo‘lmaydi"

Bergomi: "Inter" faqat himoyalansa, "Real"ga qarshi imkoniyati bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

1982 yilgi jahon chempioni va "Inter"ning sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Real"ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotganini aytdi.

"Inter" jasorat ko‘rsatishiga umid qilaman. Agar maydonga faqat himoyalanish uchun chiqsak, hech qanday imkoniyatimiz bo‘lmaydi.

"Bernabeu"ga kelib, o‘yinda to‘liq ustunlik qilaman, deb o‘ylash amalga oshmaydigan orzu. Ammo maqsadimiz jangovor ruh va jasorat ko‘rsatish, shuningdek, raqibning ayrim muhim futbolchilari yo‘q bo‘lgan markaziy hududda nazoratni qo‘lga olishga harakat qilish bo‘lishi kerak.

Biz qanday raqibga qarshi o‘ynashimizni juda yaxshi bilamiz. Ammo agressiv va jasur "Inter" ularga munosib qarshilik ko‘rsata oladi, deb o‘ylayman.

Mourinyu o‘yinning ayrim jihatlarini o‘zgartirmoqda va himoyada kuchli, hujumda qat’iyatli jamoa qurmoqda. Lekin baribir "Real"ni mag‘lub etish mumkin", — deya Bergomining so‘zlarini AS keltirdi.

"Real" va "Inter" o‘rtasidagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:49, 08.09.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик