Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Gavi jarohatdan to‘liq tiklandi

Gavi jarohatdan to‘liq tiklandi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi mavsumning «Elche»ga qarshi dastlabki uchrashuvida olgan jarohatidan to‘liq tiklandi.

22 yoshli futbolchi «Atletik» va «Rayo Valyekano»ga qarshi g‘alabali o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi. U o‘tgan dam olish kuni «Mestalya»dagi «Valensiya»ga qarshi bahs uchun qaydnomaga qaytdi.

Gavi yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda maydonga tushmadi. Biroq uning zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishi jarohatdan forig‘ bo‘lgani va murabbiylar shtabi ixtiyorida ekanini tasdiqladi.

Yarim himoyachining qaytishi Kataloniya klubi uchun ayni muddao bo‘ldi. «Barselona»ni Chempionlar ligasida «Feyenoord»ga qarshi dastlabki o‘yin va La Ligada «Levante» bilan uchrashuv kutib turibdi.

Gavi mavsumoldi tayyorgarligini yaxshi jismoniy holatda boshlash uchun yozgi ta’tilini muddatidan oldin yakunlagan edi. Klub tarbiyalanuvchisi mavsumning birinchi o‘yinida Mark Bernal bilan birga asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘zining odatiy saviyasi va fidoyiligini namoyish etgan.

Uning tiklanishi Xans-Diter Flikka katta jismoniy kuch talab qiladigan yarim himoya chizig‘ida tarkibni almashtirib turish uchun yana bir muhim imkoniyat berdi. Gavining taktik foydasi va mashg‘ulotlardagi yuqori shiddati uni jamoadagi asosiy variantlardan biriga aylantirmoqda.

Kiritildi: 13:30, 08.09.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик