«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqish istagi haqida yana bir bor fikr bildirdi.
«Barcha katta klublar Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaydi. Buning uchun bizda zarur sifatlar bor, ammo oldinda uzoq yo‘l turibdi», — dedi Flik matbuot anjumanida.
«Barselona» Chempionlar ligasida 9 sentyabr, chorshanba kuni start oladi. Bu kuni kataloniyaliklar umumiy bosqichning birinchi turida Niderlandiyaning «Feyenoord» klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.













