Bugun «Real» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Inter»ni qabul qiladi.
Uchrashuv oldidan «Inter»ning sobiq himoyachisi Marko Materassi Joze Mourinyuning «Real»ga qaytishi haqida fikr bildirdi.
— Mourinyu yaqin o‘tmishdagi unchalik yorqin bo‘lmagan natijalariga qaramay, yana «Real»da. Bu sizni hayron qoldirdimi?
«Yo‘q. Chunki uning Florentino Peres bilan munosabatlari qanday ekanini va Peres Jozega qay darajada ishonishini bilaman. Unga shu qadar ishonadiki, yana «Real» kalitlarini topshirdi. Joze esa odatdagidek barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi va jamoa uchun asosiy tayanch nuqtasiga aylanadi».
— U aynan Mourinyu uslubida qaytdi: «Men sizlardan biriman».
«Jozening eng ajoyib jihati shundaki, uning qo‘l ostida o‘ynaydigan har bir futbolchi o‘zini uning odamidek his qiladi va maydonda u uchun borini berishga tayyor bo‘ladi. Faqat bir yomon tomoni bor: u ketganidan keyin hamma uni sog‘inib qoladi...»
— «Real»ga Bernardu Silva, Arda Gyuler va Kamavinga yetishmaydi. Markazda esa Valverde bilan birga Tchuameni o‘ynashi mumkin.
«Demak, eng yuqori saviyadagi ikki yarim himoyachi va kiyinish xonasida janjallashib qolgan yana ikki futbolchi. Lekin Joze ularni ham yarashtirib qo‘ya oladi — keyin ular eng yaqin do‘stlarga aylanishadi», — dedi Materassi.













