«Feyenoord» bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan raqibdan qo‘rqmasligini ta’kidladi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv 9 sentyabr kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. «Barsa» mavsumni juda yaxshi boshladi. Ular har bir pozisiyada kuchli. Biz uchun juda qiyin bo‘ladi. To‘p nazoratini saqlab qolishimiz kerak. Bunday kuchli jamoaga qarshi bu juda murakkab.
Oldimizda juda qiziqarli sinov turibdi. Bu yerda ekanimiz esa o‘zimizning eng yaxshi darajamizni ko‘rsatishni istashimizni anglatadi. Futbolchilar uchun bu o‘z taraqqiyotini namoyish etish imkoniyati hamdir.
Bu meni qo‘rqitmaydi, aksincha, sinov sifatida qabul qilaman. Men qo‘rqmayapman, nazarimda, bu ajoyib chaqiriq.
Menga eng yoqadigan jihat — ular hamma ko‘rishni istaydigan futbolni namoyish etadi: to‘pni tez aylantiradi, juda tezkor harakat qiladi... Bu «Barselona» DNKsiga ega, o‘zaro juda yaxshi tushunishadigan jamoa. Odamlar ularning o‘yinini tomosha qilishni istaydi.
Biz Chempionlar ligasini yutishga qodir raqibga qarshi o‘ynaymiz», — dedi van Bronkxorst.













