«Vilyarreal» himoyachisi Santyago Mourinyo Chempionlar ligasi 1-turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlikdan norozi bo‘ldi. Ispaniya klubi mazkur bahsda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Biz hakam xatosi sabab yutqazdik. U yerda penalti yo‘q edi, uni belgilash kerak emasdi va aynan shu epizod bizga o‘yinni boy berdirdi. Bunday sharoitda o‘ynash juda qiyin.
Men uni ushlab turdim, u ham meni ushlab turgan edi. Hakam maydondagi bosimga berildi va penalti belgiladi», — deya Mourinyoning so‘zlarini Marca keltiradi.
«Biz o‘tgan Chempionlar ligasidagiga o‘xshash vaziyatga yana duch keldik. Raqibdan yaxshiroq ekanimizni ko‘rsatdik, ammo uch ochkoni qo‘lga kirita olmadik. Hakam xatosi tufayli g‘alabasiz qoldik», — dedi futbolchi.
«Vilyarreal» Chempionlar ligasidagi keyingi o‘yinini 13 oktyabr kuni «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi.













