Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kivu: «Biz «Real»dek jamoaga qarshi munosib kurashdik»

Kivu: «Biz «Real»dek jamoaga qarshi munosib kurashdik»

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Real»dan 1:2 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi.

«Men umuman jahl qilganim yo‘q. Aksincha, jamoam ko‘rsatgan jasorat va xarakterdan xursandman. Xatolar bo‘lib turadi — bu sportning bir qismi. Eng muhimi, ulardan keyin qanday reaksiya qilish va harakatni davom ettirish. To‘g‘ri ruhiyatni o‘yin oxirigacha saqlab qolish juda muhim», — deya Kivuning so‘zlarini Football Italia keltiradi.

«Menimcha, bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Biz ustunlik qilishga harakat qildik va uchrashuv davomida tashabbusni qo‘lda ushlashga intildik. Bu meni xursand qiladi va jamoaning kelajagiga ishonch uyg‘otadi.

Biz «Real» tezkor hujumga o‘tishlar va oldingi chiziqdagi futbolchilarining mahorati evaziga o‘z vaziyatlariga ega bo‘lishini yaxshi bilardik. Shunga qaramay, so‘nggi daqiqalargacha o‘yin ichida qoldik, xarakter ko‘rsatdik va yaxshi harakat qildik.

Biz bu yerga durang uchun kelmaganimizdan faxrlanaman. Jasorat ko‘rsatdik va «Real»dek jamoaga qarshi munosib kurashdik», — dedi «Inter» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 04:09, 09.09.2026.
O'qildi: 821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик