Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishi haqida fikr bildirdi.
Seshanba kuni «qirollik klubi» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turi doirasida o‘z maydonida Milanning «Inter» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
— Mourinyo bilan ishlash qanday? — deb so‘radi Peter Shmeyxel Bellingemdan o‘yindan keyingi intervyuda.
— Ajoyib. U va uning murabbiylar shtabi maydonda ham, maydon tashqarida ham standartlarni belgilab berishdi.
— Aynan qanday standartlarni nazarda tutyapsan?
— Jamoaga singdirilayotgan qadriyatlarni. Biz u bizdan nimani kutayotganini tushunamiz, barchamiz bir maqsad sari harakat qilyapmiz, — deya izohladi Bellingem.
Joze Mourinyo iyun oyida «Real»ga qaytdi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis klubda 2010 yildan 2013 yilgacha ishlagan.













